Korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov

13.03.2025

Bugun, 13-mart sanasida Samarqand viloyati transport boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Unda viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i R.Tojiyev, Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat IIB viloyat boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

 

– Joriy yilning 5-mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi eng muhim vazifalar belgilab berildi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov ekanini ta’kidladi.

 

Shu bois so‘nggi yillarda bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yo‘lga qo‘yildi, jumladan, yo‘lovchi tashishni tashkil etish tizimida ham, – dedi viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Tojiyev o‘z so‘zida.

 

Kengaytirilgan yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari mas’ul xodimlari davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi. 

 

Mas’ullar tomonidan tizimda korrupsiyaning oldini olish va kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.