Litsenziyalash masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

07.04.2022

Joriy yilning 1 aprel holatiga viloyatda 386 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari, ya’ni 197 ta avtobus va 189 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari mavjud. Shundan 292 ta yo‘nalishda 705 ta (70 tasi buyurtma asosida) avtobus va 2206 ta Damas va mikroavtobuslar aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 94 ta yo‘nalish faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan. Buning sababi ushbu yo‘nalishlar past rentabelli yo‘nalish hisoblanib, harakatdagi transport vositalari o‘z sarf-xarajatlarini qoplamaganligi sababli tadbirkorlar tomonidan to‘xtatilgan.

Samarqand shahrida 59 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari mavjud. Shundan 39 ta shahar avtobus yo‘nalishida 378 ta avtobus va 2 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishida 24 ta mikroavtobuslar xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, qolgan 18 ta yo‘nalish faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan.
Shahar atrofida 293 ta yo‘nalish, ya’ni 115 avtobus yo‘nalishi va 178 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari mavjud. Hozirda 66 ta yo‘nalish faoliyati to‘xtab qolgan.


Viloyat hududida shaharlararo 34 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, shundan 27 tasi avtobus hamda 7 tasi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridir. Hozirda 5 ta avtobus va 5 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishi vaqtincha faoliyat yuritmayapti.
2022 yilning 1 aprel holatiga Samarqand viloyatida 822 ta litsenziat 867 ta litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda va ularda jami 9987 ta litsenziyalangan avtotransport vositalari bor.


Mavjud litsenziyalangan avtotransport vositalaridan - 705 ta avtobus, 139 ta mikroavtobus, 8386 ta yengil avtomobil, shulardan 5831 tasi yo‘nalishsiz taksi, 420 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 5108-sonli qarori asosida yakka tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar, 2067 tasi DAMAS (yo‘nalishli taksi), 68 tasi buyurtma asosida (shartnoma asosida, turizm, xizmatchi va x.k.)

Xalqaro yuk tashuvchi yo‘nalishlarda – 757 ta avtotransport vositalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati