LITSENZIYALASH MASALALARI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT


2022-yilning 1-iyun holatiga Samarqand viloyatida 926 ta litsenziat 988 ta litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda. Ularda jami 10498 ta litsenziyalangan avtotransport vositalari mavjud.
Mavjud litsenziyalangan avtotransport vositalaridan - 749 ta avtobus, 152 ta mikroavtobus, 8769 ta yengil avtomobil, shulardan 6163 tasi yo‘nalishsiz taksi, 517 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 5108-sonli qarori asosida yakka tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar, 2035 tasi DAMAS (yo‘nalishli taksi), 53 tasi buyurtma asosida (shartnoma asosida, turizm, xizmatchi va x.k.)
Xalqaro yuk tashuvchi yo‘nalishlarda – 828 ta avtotransport vositalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati