LITSENZIYASIZ YO`LOVCHI TASHISH TA`QIQLANADI

21.09.2021

Samarqand viloyati transport boshqarmasi hamda IIB YHXB inspektorlari hamkorlikda joylarda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar o‘rtasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Biroq, olib borilgan tushuntirish ishlariga qaramasdan, hanuz litsenziyasiz yo`lovchi tashish holatlari uchrab turibdi.

Agar statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, IIB YHXB bilan hamkorlikda joriy yil sentabr oyining 20 sanasiga qadar noqonuniy yo‘lovchi tashishning oldini olish maqsadida 23 marotaba qo`shma reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Aniqlangan huquqbuzarliklar natijasida 73 ta bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish uchun sudlarga yuborilgan. Shundan 66 nafariga chora ko‘rilgan bo‘lsa, beshtasi ish jarayonida. Natijada, 38 nafar haydovchi o‘z xohishiga ko‘ra, faoliyatini qonuniy tarzda davom ettirish maqsadida litsenziya olgan.

Targ‘ibot tadbirlari butun viloyat miqyosida keng yo‘lga qo‘yilgan.

Hurmatli haydovchilar! Noqonuniy faoliyat olib borish qonun talablariga zid ekanligini unutmang!

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati