“Lyuboy”iga javob”: mehnat shartnomasi bekor qilindi

Joriy yilning 13-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda 51-shahar avtobus yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi, davlat raqami 30/475 FBA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi tomonidan yo‘lovchilarga qilingan qo‘pollik yuzasidan videomurojaat tarqaldi.
Muallif tasvirga olgan videolavhadan shuni anglash mumkinki, haydovchi belgilangan umumiy odob-axloq qoidalaridan chetga chiqib, yo‘lovchiga nisbatan hurmatsizlik qilgan. Bu bilan jamoat transporti haydovchisiga qo‘yilgan talablarni buzgan.
Bu esa o‘z navbatida tarmoq foydalanuvchilarining keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
O‘zining noo‘rin xatti-harakatlari bilan yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘lganligi, mehnat intizomi qoidalarini buzganligi uchun “Aziz Hilola avtotrans” MCHJ rahbariyati tomonidan haydovchi X.O. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
“Aziz Hilola avtotrans” MCHJ rahbariyati sodir bo‘lgan holat yuzasidan barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati