“Mahallamizga ham avtobus qo‘yilsa…”

#Munosabat
Joriy yilning 25-oktyabr sanasida www.samarkandnews.uz internet nashrida “Mahallamizga ham avtobus qo‘yilsa…” sarlavhasi ostida murojaat chop etildi. Unda Samarqand shahar, “Qavola” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar nomidan bir guruh faollar mahalla ahlining uzog‘ini yaqin qilish borasida avtobus qatnovini tiklash borasida murojaat qilgan.
Darhaqiqat, Samarqand shahar, “Qavola” mahallasi aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi 50-raqamli “Zafarobod mahallasi - Gulobod qo‘rg‘oni” avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositalari 2020-yilda to‘xtab qolgan. Hozirda mazkur hudud aholisini jamoat transporti bilan ta’minlash maqsadida 134-raqam ostida Sattepo maskanidan "Qavola" mahallasi orqali Cho‘ponota maskanida qurilayotgan yangi avtovokzalgacha, shuningdek, 150-raqamli "Chordara" mahallasi - 2-maktab (“Sho‘rboyi” mahallasi)” (“Qavola” mahallasi orqali) avtobus yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda Samarqand shahar transport Bosh rejasida belgilangan yo‘nalishlarda transport vositalari harakatini tashkil qilish borasida amaliy ishlar boshlangan.