Maqsadimiz aniq – yo‘lovchilar sog‘ligi hamma narsadan ustun

27.07.2021


Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan doimiy ravishda himoya niqobi taqqan holda jamoat transportidan foylanishlari lozimligi yuzasidan yo‘lovchilar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilayotir. Biroq, hamisha ham ko‘zlangan marraga yetib bo‘lmayotganligi xavotirga soladi. Bugun ogohlantirish olgan haydovchi ertaga yana niqobsiz yo‘lovchi bilan manzili sari yo‘l olaveradi.

To‘g‘ri, bunda haydovchini ayblash kerak emas. Chunki, uning ogohlantirishga nazar-pisand qilmay o‘z bilganidan qolmay ketadiganlar ham oramizda topiladi. Garchi, har bir avtobusning kirish va chiqish eshiklariga “Avtobusga tibbiy niqobsiz kirish mumkin emas” deya yozilgan bo‘lsa ham. Bu bilan  haydovchilarni oqlash niyatmiz yo‘q, ularning orasida ham talablar ijrosini buzgan holda avtobus boshqaradiganlari bor.

Keling, yaxshisi, muammoning yechimini har birimiz o‘zimizdan qidirib ko‘raylik. Ana shunda ko‘zlangan maqsadga yetamiz. Bir-birimizga e’tiborli bo‘lib, karantin talablariga birdek rioya qilaylik.

Eng muhimi himoya niqobi taqish orqali dunyodagi eng katta boyligimiz – sog‘ligimizni asrab-avaylaylik.

Hurmatli yo‘lovchilar! O‘zingizni va atrofdagilarning sog‘ligiga beparvo bo‘lmang.

Hurmatli haydovchilari! Zimmangizga yuklangan sharafli burchni mas’uliyat bilan ado eting!

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati