Matbuot anjumaniga marhamat

Diqqat, e’lon!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda “Simetra” xorijiy kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan Samarqand shahar transport master rejasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda 2022-yil davomida boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan so‘z yuritiladi.
Matbuot anjumani 2023-yil 6-yanvar kuni soat 15.00da viloyat Matbuot uyida bo‘lib o‘tadi.
Murojaat uchun telefon: +998 93 834 01 10; +998 90 101 96 37
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati