Mehnat shartnomasi bekor qilindi

Joriy yilning 29-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda 99-raqamli “Ehtiyot qismlar bozori - 1-son shahar shifoxonasi” shahar avtobus yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi, davlat raqami 30/239 EBA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi tomonidan yo‘lovchiga qilingan qo‘pollik yuzasidan murojaat tarqaldi.
“Sher” MCHJga tegishli, davlat raqami 30/239 EBA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi belgilangan umumiy odob-axloq qoidalaridan chetga chiqib, yo‘lovchiga nisbatan hurmatsizlik qilgan. Bu bilan jamoat transporti haydovchisiga qo‘yilgan talablarni buzgan. Bu esa o‘z navbatida tarmoq foydalanuvchilarining keskin e`tirozlariga sabab bo‘ldi.
O‘zining noo‘rin xatti-harakatlari bilan yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘lganligi, mehnat intizomi qoidalarini buzganligi uchun “Sher” MCHJ rahbariyati tomonidan haydovchi T.Z. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
“Sher” MCHJ rahbariyati holat yuzasidan barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi