Mehnat shartnomasini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilishi belgilab qo‘yildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 70-raqamli “Sartepa maskani - O‘rmon xo‘jaligi shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami 30/876 LBA bo‘lgan avtobus haydovchisining qoidabuzarligi yuzasidan murojaat tarqaldi. Holat viloyat transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, “Marokand Trans 777” MCHJga tegishli bo‘lgan avtobus haydovchisi T.U. 10 kun davomida yo‘nalishga chiqarilmasdan avtosaroy ishlariga jalb qilindi. Ushbu haydovchi tomonidan qoidabuzarlik holatlari takrorlangan taqdirda mehnat shartnomasini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilishi belgilab qo‘yildi.