Mening Konstitutsiyam

30.06.2022

Samarqand viloyati transport boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i A.Ashurov yurtimizda keng ko‘lamli islohotlardan biri bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi, 2022-yilning 20-iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoеv tomonidan ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlarga e‘tibor qaratdi.

Shuningdek, inson qadrini ulug‘lash maqsad qilib olingan bir davrda Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettirishi borasida so‘z yuritildi.

Suhbat davomida ishtirokchilar Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz: Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyamizning 60 dan ortiq moddaga 200dan ortiq tuzatishlar kiritish nazarda tutilgan. Joriy yilning 25 iyunidan boshlangan umumxalq muhokamasi 5 iyulga qadar davom etadi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati