#Munosabat

Samarqand_LIVE telegram guruhida yo‘lovchi tomonidan “Samarqand viloyat transport boshqarmasiga bitta savol: Qashqadaryodan kelib Samarqand shahridagi Family Park oldidan Bog‘ishamol chorrahasigacha bir kishi uchun 10 ming so‘m olib kirakashlik qilish mumkinmi?
Janob taksisning litsenziya masalasi alohida mavzu. Xo‘sh, bunga transport boshqarmasi nima derkan?” (tahrirsiz), deya murojaat qoldirilgan.
Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi 482-son qaroriga asosan “Yo‘nalishsiz taksilarning yo‘lovchilarni tashish va bagajni tashish tariflari miqdori tashuvchi tomonidan belgilanadi”.
Murojaatda raqami keltirib o‘tilgan transport vositasining yo‘lovchi tashish uchun ruxsat beruvchi litsenziyaga ega yoki ega emasligi IIB YHXB bilan hamkorlikda olib boriladigan reyd tadbirlarida ko‘rib chiqiladi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati