Munosabat: 12-raqamli “Hazora ABB - M-39 Beton halqa yo‘li” yo‘nalishda harakatlanuvchi, davlat raqami 30/532 YAA bo‘lgan avtobus haydovchisiga chora ko‘riladi

18.07.2022

 

Samarkand & Самаркандцы telegram guruhida 12-raqamli “Hazora ABB - M-39 Beton halqa yo‘li” yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus haydovchisining yo‘lovchilarni manziliga yetkazmaganligi to‘g‘risida murojaat tarqaldi.

 

Ushbu holat viloyat transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Jamoat transporti yo‘nalish sxemasi va grafikka to‘liq amal qilgan holda harakatlanishi lozim. Shuningdek, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatilishi, ular bilan muloqotga kirishganda samimiy bo‘lish haydovchining vazifalaridan biri hisoblanadi. Yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘lgan haydovchi tegishli tartibda chora ko‘riladi.

 

Samarqand viloyat transport boshqarmasi Axborot xizmati