Munosabat: 55-shahar avtobus yo`nalisida qaytim berilmaganligi yuzasidan

Jamoat transporti o‘zining yutuqlari bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari sabab doim muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, gazeta va televidiniyeda ham bu borada bir qancha salbiy fikrlar o‘rtaga tashlanayotganligi sir emas. Bu kabi muammolarning asl ildizini topish, vakolatli organlar bilan birgalikda ularni bartaraf qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shunday tanqidiy fikrlardan biri 2021-yil 19-noyabr kuni facebook tarmog‘ida hamda Samarkand&Самаркандцы telegram guruhida Saloxiddin Raxmatullayev muallifligida joylashtirildi. Muallif “Manapoliya mana 55chi avtobuslarga yetip kelipti
2ming sum koyil nimamush sobstvennoye ekan aytgan narxini kuyarmush
Borib dodingni kimga aytsang ayt deb dadasi kator odamni xakorat kilyapti,!!! kimdir tekshiradimi bularni ye aytgan pulini olaveradimi
Navobodtrans” (tahrirsiz berildi), deya murojaat qoldirgan.
Ushbu murojaatni ijobiy hal etish va takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 55-shahar avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi “Navobodtrans” xususiy korxonasida muhokama bo‘lib o‘tdi.
Unda qaytim va yo‘l pattasini o‘z vaqtida berish bilan birgalikda qoidalariga e’tibor qilmaslik holatlari, belgilangan me’yordan ortiq yo‘lovchi olish masalalari ko‘rib chiqildi. Yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning oxiri qanday oqibatlarga olib kelishi yuzasidan qat’iy ogohlantirishlar berildi. Yo‘lovchilarga qaytim va pattaning o‘z vaqtida berilishi muhim ekanligi, aks holda tegishli tartibda jazolanishi muqarrar ekanligi aytib o‘tildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati