Munosabat: Avtobusdagi kamchiliklar bartaraf etildi

22.08.2022

Joriy yilning 16-avgust kuni Samarkand & Самаркандцы telegram guruhida, mobilniy reporter rukni ostida 16-raqamli shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami 30/804 JAA bo‘lgan transport vositasining texnik va sanitar jihatlari talab darajasida emasligi yuzasidan murojaat (https://t.me/Samarkand100/82514) tarqalgandi.

Mazkur murojaatda qayd etilgan muammoli holat bartaraf etildi. 16-raqamli “Do‘stlik mahallasi - Gulbog‘ mahallasi” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositasi xizmat ko‘rsatuvchi “Toxir R” XK tomonidan ta’mirlandi.

Hurmatli samarqandliklar! Jamoat transporti bilan bog‘liq muammolarga uchrasangiz boshqarmaning +998 66 233 31-38 ishonch telefoniga yoki telegramdagi https://t.me/Murojaat_uchun_transport sahifasiga asoslovchi dalillar bilan yozib yuboring. Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati