#Munosabat: avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda

05.01.2023

Bugun, 5-yanvar kuni telegram tarmog‘idagi Samarkand & Самаркандцы guruhida “Моbil muxbir” rukni ostida yo‘lovchi tomonidan “Qani 51, 52 yo'nalishidagi avtobuslar?” deya murojaat qoldirildi.

Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. O`tkazilgan kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidan Mirzo Ulug‘bek nomli ko‘chada joylashgan “Zebo” maishiy xizmat uyi bekatiga, nafaqat 51- yoki 52-raqamli, balki 44-raqamli yo‘nalishdagi avtobuslardan foydalangan holda yetib olish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati