#Munosabat: “CHORRAHADAGI TARTIBSIZLIKKA KIM JAVOB BЕRADI?”

14.10.2022

#Munosabat

Joriy yilning 13-oktabr sanasida chop etilgan “Ishonch” gazetasining 125-sonida Xayrulla Shamsiyevning “CHORRAHADAGI TARTIBSIZLIKKA KIM JAVOB BЕRADI?” nomli tanqidiy fikrlari chop etildi.

Muallif Samarqand shahridagi Dahbed va Rudakiy ko‘chalari kesishmasidagi noqonuniy avtoturargoh atrofidagi tirbandliklarni oldini olish yuzasidan fikr bildirgan.

Samarqand shahrining Dahbed hamda Rudakiy ko‘chalari kesishuvida haqiqatan ham transport vositalarining yo‘l chetida qoldirilishi oqibatida tirbandliklar yuzaga keltirayotir. Yoki boshqacha aytganda haydovchilar avtomobilini yo‘l chetida qoldirib yo‘lovchi izlashadi.

Mazkur holatga barham berish, hududda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat transport boshqarmasi hamda IIB YHXB tomonidan doimiy ravishda qo‘shma reydlar olib borilmoqda. To‘xtab turish qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilayotir. Shu bilan birgalikda avtomobil transportida litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchi tashish holatlari aniqlansa, tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Masalaning eng nozik jihati shundaki, garchi Oqdaryo, Payariq, Ishtixon va Qo‘shrabot tumanlarini viloyat markazi bilan bog‘lovchi yo‘nalishda harakatlanuvchi transport vositalari uchun avtoboshbekat mavjud bo‘lsada, biroq yo‘lovchilar hali-hamon mazkur hududni o‘zlari uchun qulay hisoblashadi. Buning sababi Dahbed hamda Rudakiy ko‘chalari kesishuvi mazkur tumanlar aholisi uchun bir necha o‘n yillardan buyon avtoboshbekat hisoblangan. Viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda ushbu hududda doimiy ravishda reyd jarayonlari olib boriladi.

Shuningdek, Samarqand shahriga tumanlar va boshqa viloyatlardan kirib kelayotgan yo‘lovchi tashish transportini tartibga solish, shahar bilan shahar atrofi yo‘nalishlarini bog‘lash, shahar ichiga kirib kelayotgan yo‘lovchi tashish transport vositalarining harakatini cheklab, yuzaga kelayotgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida M-39 Samarqand halqa yo‘lining, Samarqand tumani, Chumchuqli qishlog‘ida, Gulobod qo‘rg‘onida, M-37 Samarqand halqa yo‘li “Qunduzsufi” mahallasida avtoshohbekatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Viloyat hokimligining ishchi-guruhi tomonidan mazkur hududlar o‘rganilib, avtoturargoh uchun qulay yer-joy maydoni ajratilishi yuzasidan tegishli mutasaddi boshqarmalarga topshiriqlar berildi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati