Munosabat: haydovchi qat`iy ogohlantirildi

Joriy yilning 18-aprel kuni Samarkand & Samarkandsi telegram guruhida “Mobilniy reportyor” rukni ostida “Hozirgina 24 yunaalishli avtobus uning xarakatlanish chizigi Dashtisuxta-Xazora bulib 10dan ortik fukarolarni dashtisuxta oxirgi bekat bula turib lelinbayrokga tushirib yana ortga kaytdi nima bu xaydovchilar xoxlaganini kilishadimi”, deya murojaat qoldirilgan. (Murojaat tahrirsiz berildi)
Ushbu holat “Aziz Hilola avtotrans” MCHJga qarashli, davlat raqami 30/032 TAA bo‘lgan, 24-shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobus haydovchisi tomonidan sodir etilgan.
Yo‘nalish sxemasini buzish, manzilga yetmasdan yo‘lovchilarni tushirib yuborish holatlarni oldini olish, fuqarolar bilan samimiy munosabatga kirishish masalalari bo‘yicha “Aziz Hilola avtotrans” MCHJ yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jamoat transporti haydovchisining vazifa va majburiyatlari, yo‘lovchilar bilan muloqotga kirishida odob qoidalari, yo‘l harakati qoidalariga jiddiy e’tibor qaratish, yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish kerakligi ta’kidlandi.
Bo‘lib o‘tgan muhokama jarayonida haydovchiga yo‘lovchilarni manziliga yetkazmasdan qoldirgani uchun intizomiy jazo chorasi qo‘lllanilish belgilab qo‘yildi.
“Aziz Hilola avtotrans” MCHJ ish boshqaruvchisi M.Soatovning so‘zlariga ko‘ra, Dashtiso‘xta mahallasiga kirib borishda juda ko‘plab sun’iy notekisliklar o‘rnatilgan. Bu o‘z navbatida avtobuslarning tayanch qismini sinishiga yoki shikastlanishiga olib kelmoqda. Buning oqibatida esa, haydovchilar ushbu hkududni chetlab o‘tish yo‘llarin izlamoqda.
“Aziz Hilola avtotrans” MCHJ rahbariyati barcha yo‘lovchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati