Munosabat: "Hazora"da tozalash ishlari davom etmoqda

17.01.2023

Keyingi yillarda yirtimizda ulkan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari olib borilishi natijasida shaharlar infratuzilmasi tubdan o‘zgarib, yangicha qiyofa kasb etmoqda. Ayniqsa, Samarqandning qiyofasi tubdan o‘zgargan holda boqiy va qadimiy shahar zamonaviy qurilish-bunyodkorlik loyihalari bilan uyg‘unlashib ketdi. Biroq, oldinda yechimini kutayotgan muammolar bisyor. Ayniqsa, aholini jamoat transportiga bo‘lgan talabini qondirish, oraliq va boshbekatlarda yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina.

 

Aynan bekatlar masalasida, aniq qilib aytadigan bo‘lsak, Samarqand shahridagi “Hazora” avtoboshbekatidagi holat jurnalist X.Soriyev tomonidan tanqid ostiga olindi hamda “Yurtimizda” telegram kanalida e’lon qilindi.

 

Samarqand shahar Spitamen Shoh ko‘chasida joylashgan “Hazora” avtoboshbekati “Samarqand Rudakiy Avtoboshbekati” MCHJga tegishli.

 

Olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng hududda tozalash ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, Qor yog‘ishi natijasida hosil bo‘lgan muzlamalarni eritish, avtoboshbekat hududida harakat ishtirokchilari uchun yo‘llarni ravon holatga keltirish ishlari olib borilmoqda.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi “Samarqand Rudakiy Avtoboshbekati” MCHJ rahbariyatidan holatga jiddiy e’tibor qaratishini, avtoboshbekat hududida yo‘lovchi hamda transport vositalari uchun shart-sharoitlar yaratishini so‘rab qoladi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati