Munosabat: kamchiliklar bartaraf qilinadi

Bugun, 10-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtobuslarga o‘rnatilgan elektron to‘lov qabul qiluvchi validatorning ishlamasligi, yo‘lovchiga nisbatan qo‘pollik qilish holatlari yuzasidan murojaat tarqaldi.
Ushbu murojaatda keltirilgan holatlar viloyat transport boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib, muallif tomonidan qayd qilingan e’tirozlar bartaraf qilinadi. Haydovchi bilan alohida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati