Munosabat: O`rindiqlar tartibga keltirildi

Samarkand&Самаркандцы telegram kanalida 31-raqamli “Sil kasalliklari shifoxonasi - Dala hovli” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami belgisi 30/917 FBA bo‘lgan transport vositasida o‘rindiqlar olib tashlanganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari shahar avtobus yo‘nalishlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Azizavtoyo‘lovchitrans” mas’uliyati cheklangan jamiyati avtosaroyida bo‘lishdi. Unda muhokamalarga sababchi bo‘layotgan muammolarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rildi. Olib tashlangan o‘rindiqlar qayta o‘rnatilib, avtobuslarning ichki va tashqi jihatdan tozaligiga e’tibor qaratildi.