Munosabat: Qorasuv massivini Samarqand shahri markazi bilan bog`lovchi yo`nalishlar mavjud

15.12.2021

2021-yil 15-dekabr kuni facebook tarmog‘ida hamda Samarkand&Самаркандцы telegram guruhida Iolanta Sergeyevna Porobova muallifligida avtobus yo`nalishini ko`paytirish zarurligi yuzasidan murojaat qoldirildi.

Bugungi kunda Samarqand shahrini Qorasuv massiva bilan bog`lovchi bir qancha yo`nalishlar mavjud.

8-“Obod maskan mahallasi – Badal qishlog`i”, 26-“Qorasuv massivi – Ipak yo`li bozori”, 27- “Temiryo`l ABB – Obod maskan mahallasi”, 30-“Sattepo massivi – Obod maskan mahallasi”, 35-“Hazora ABB – Obod maskan mahallasi” shahar avtobus yo`nalishlari mavjud.

Samarqand shahrining kengayishi hamda Qorasuv massivida aholi sonining o`sishi inobatga olinib qo`shimcha yo`nalishlar ochilishi ko`zda tutilgan.

Muallifning aynan e`tiroziga sabab bo`lgan hudud orqali avtobuslar harakatini tashkil qilish imkoni yo`q. Sababi Qorasuv massivini Temiryo`l bozori bilan qisqa bog`lovchi avtomobil yo`li talab darajasida emas.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati