#Munosabat: "Samarqand viloyati Nurobod tumanida Transport boshqarmasi hodimlari bilan tortishuv yuzaga keldi"mi?

Joriy yilning 11-oktabr kuni NazoratUz telegram kanalida “Samarqand viloyati Nurobod tumanida Transport boshqarmasi xodimlari bilan tortishuv yuzaga keldi” izohi bilan videolavha joylashtirildi.
Videotasvirda keltirilgan holatlarga sababchi bo‘lgan omillar Samarqand viloyati transport boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 11-oktabr kuni Samarqand viloyati Transport boshqarmasining Avtotransport tashuvlarni muvofiqlashtirish va nazorat sektori 1-toifali inspektorlari Z.Axmedov N.Saidaxmedovlar tomonidan Nurobod tumanida nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Neksiya-2” rusumli davlat raqam belgisi 30 L 913 YA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi, Nurobod tumanida yashovchi fuqaro F.T.ning tegishli litsenziyasiz noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, unga nisbatan Avtotransport tashuvlarni muvofiqlashtirish va nazorat sektori 1-toifali inspektori Z.Axmedov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1763-moddasi (Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Z.Axmedov tomonidan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, o‘zini o‘zi band qilishi hamda litsensiya olib qonuniy faoliyat ko‘rsatishi lozimligi tushuntirib o‘tilgan. (Holat tasvirga olingan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudiga taqdim etiladi)
To‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish va qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudiga yuborilishi va sud tomonidan yakuniy qaror qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
Hurmatli fuqarolar! Unutmang, avtomobil transportida yo`lovchilarni litsenziyasiz tashish qonunga xilof!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati