Munosabat: "Sartepada «dam olayotgan» tramvaylar"

08.01.2023

 

Bugun, 8-yanvar kuni Samarqand/kun.uz telegram nashrida mobilmuxbir rukni ostida "Sartepada «dam olayotgan» tramvaylar" sarlavhasi bilan murojaat tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Samarqand tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasining maʼlumotlariga koʻra, 1-raqamli "Temiryoʻl vokzali - Sartepa maskani" yoʻnalishidagi tramvaylar toʻxtalishiga elektr energiyasidagi uzilishlar sabab boʻlgan.

Shuningdek, Marhabo bekatida tramvay dvigatelidagi texnik nosozlik yuzaga kelgan. Mazkur tramvayni shatakka olib, taʼmirga joʻnatish jarayonida ham mazkur yoʻnalishdagi tramvaylar harakatida toʻxtalishlar sodir boʻlgan.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun Samarqand tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi barcha yoʻlovchilardan uzr soʻraydi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati