Munosabat: Yo`nalishsiz taksidagi rasmlar yuzasidan

Facebook tarmog‘idagi Samarkand City & Самарканд Сити hamda telegram tarmog‘idagi Samarkand & Самаркандцы guruhida “Mobilniy reportyor” rukni ostida yo‘nalishsiz taksi bilan bog‘liq xabar tarqaldi. Unda muallif sariq rangli, davlat raqami 30/306 TTS avtotransport vositasining suratlarini joylab, tagida quyidagicha izoh qoldirgan. “Zdravstvuyte poproshu ob’yasnit mne sootvetstvuyushiye organi nadzora chto oznachayet nadpis jizn voram na obshestvennom transporte Samarkanda?”
Mazkur holat transport boshqarmasi hamda IIB YHXB xodimlari tomonidan nazoratga olinib, o‘z vaqtida chora ko‘rildi. Ushbu transport vositasi "Hobilbobo" MChJga tegishli bo`lib, uning orqa oynalariga yopishtirilgan suratlar olib tashlandi hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi. Korxona rahbariyatiga avtotransport vositalarini jiddiy nazoratga olish vazifasi yuklandi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati