Munosabat: Yo‘lovchilar oqimi o‘rganilgach, taklif kiritiladi

Joriy yilning 29-sentyabr kuni Samarqand_LIVE telegram guruhida “Samarqand shahri "Gorbolnitsa", Gagarin ko‘chalaridan SamDAQI, Toshkent Iqtisodiyot universitetining Samarqand filiallariga avtobus yoki marshurtkalar qatnovi yo‘lga qo‘yilmagan”, deya murojaat e’lon qilindi.
Ushbu murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlarni ochish taklifi boshqarmaning tender bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqiladi. Bunda ushbu hududdan Samarqand Davlat arxitektura-qurilish institutigacha bo‘lgan oraliqdagi yo‘lovchilar oqimi yuqori bo‘lsa, yo‘nalish taklifi tayyorlanadi.
O‘rni kelganda eslatib o‘tishni joiz deb bildik, shahar jamoat transportida A nuqtadan B nuqtaga qadar aynan bitta avtobus yo‘nalishida yetib olishning imkoni yo‘q. Bunda yo‘nalishdan yo‘nalishga o‘tish orqali manzilga yetib olish mumkin.
Hozirda Gagarin nomli hamda Mirzo Ulug‘bek nomli ko‘chalarning chorrahasidan Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti tomon 7-raqamli “Temiryo‘l ABB - Samarqand tuman shifoxonasi” hamda 16-raqamli “Do‘stlik mahallasi - Gulbog‘ mahallasi” yo‘nalishidagi avtobuslar xizmatidan foydalanish mumkin.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati