Muqaddasdir Vatan bayrog‘i

18.11.2022

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasida “18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” nomli ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Unda so‘zga chiqqanlar milliy ramzlar or-nomus, shon-sharaf sanalishi, Shayx Najmiddin Kubro yurt bayrog‘ini yov qo‘liga topshirishni istamagan holda uni qo‘lida mahkam tutgancha jon bergani yodga olindi.

 

Tug‘ini jonidan ortiq asragan To‘maris, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi o‘nlab sarkardalar hayoti ham bugun avlodlarimizga katta ibrat ekanligi ta’kidlandi.

 

Bayrog‘imiz tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ramzi sifatida doimo baland hilpirayversin!

 

Samarqand viloayti transport boshqarmasi Axborot xizmati