Murojaatlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlar jiddiy ogohlantirildi

20.04.2022

Samarqand viloyati transport boshqarmasida ijro intizomi natijadorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Boshqarmaning ijro apparati xodimlari qatnashgan ushbu yig‘ilishda ijro intizomida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi jiddiy tanqid ostiga olindi. Tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish, kelib tushayotgan har bir murojaatni belgilangan vaqtlardan kechiktirmay, vijdonan yondashgan holda ijro etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Har bir berilgan topshiriq, kelib tushayotgan murojaatlar bevosita joyiga borgan holda o‘rganilishi hamda o‘z vaqtida javob qaytarilishi shart ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yuqori turuvchi organlardan kelayotgan xatlarning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash, har bir berilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi aytib o‘tildi. Ijro intizomini oshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi.

Murojaatlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlar jiddiy ogohlantirildi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati