Navbatdagi o`quv seminari mashg`ulotlari tashkil etildi

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida yo‘nalishsiz taksi haydovchilari o‘rtasida haydovchilik madaniyatini oshirish, yo‘lovchilar bilan muloqotga kirishishda odob-axloq qoidalariga rioya qilish yuzasidan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tayotganligi haqida xabar bergan edik.
Bugun mazkur o‘quv-seminar o‘z ishini davom ettirdi. Yo‘lovchilarga yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatayotgan haydovchilarga tartib-intizom, tashqi ko‘rinishga ahamiyat berish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, muloqotda samimiy bo‘lish, yuksak haydovchilik madaniyati ko‘rsata olish kabi mavzularda tushuncha berildi.
O‘quv-seminar davomida olingan nazariy bilimlar interaktiv o‘yinlar orqali mustahkamlandi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati