Navbatdagi targ`ibot tadbirlari Pastdarg`om tumanida bo`lib o`tdi

29.08.2022

Yo‘lovchi tashish transporti tizimini rivojlantirish, sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishsizlikni qisqartirish maqsadida 2022-yil 7-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulauliklar yaratish to‘g‘risida”gi qarori imzolangandi.

 

Mazkur qarorni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida Pastdarg‘om tumanida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Unda yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshirilishi, avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinishi yuzasidan batafsil tushuncha berildi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati