Navbatdagi targ‘ibot tadbirlari

07.01.2023

Viloyat transport boshqarmasi hamda IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan aholiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilarning holati o‘rganilmoqda.

Unda transport vositalarining texnik holati, yo‘lovchi tashish uchun qo‘yilgan talablar ijrosi, tender talab va shartlariga asosan harakatlanishiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Haydovchilar o‘rtasida yo‘l kira narxlarini barqaror ushlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, qo‘shma reyd tadbirlar davomida tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashish holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchiga faoliyatini qonuniylashtirish yuzasidan tushuntirish berilayotir.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati