Qishloq hududlarida yangi bekatlar qurilmoqda

12.08.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi qarori bilan “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish parametrlari tasdiqlangan edi. Ushbu dastur bilan mamlakatimizning 159 ta tumanida 1,6 million nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan 478 ta qishloqda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari belgilab berilgan. Jumladan, ushbu dasturda aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, xususan 556 ta avtobekat qurish hamda umumiy qiymati 46,3 milliard so‘mlik 189 ta zamonaviy avtobus xarid qilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda Transport vazirligi hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xorazm viloyatida “Obod qishloq” dasturi doirada 2019 yilda aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manzillariga etkazib qo‘yishni tashkil etish maqsadida chekka qishloqlarni tuman markazlari bilan bog‘lovchi yangi yo‘nalishlar ochilib, yo‘lovchi tashish hajmi kundan-kunga ortib bormoqda. Odamlar gavjum bo‘ladigan qishloq ko‘chalarida yangi tipdagi bekatlar qurib bitkazilmoqda.

Jumladan Xazorasp tumani “Pichoqchi” MFYda 2 ta , Xazorasp tumani “Shovot” MFYda 1ta avtobekat, Shovot tumani “Bo‘ston” MFYda 2ta, Xiva tumani “Chonashik” MFYda 1ta, Yangiarik tumani “Tuzloq” MFYda 1ta, Yangiariq tumani “Tagan” MFYda 1 ta, Yangiariq tumani “Chaqir” MFYga 1ta , Bog‘ot tumani “Qalajiqqal’a” MFYda 1ta, Bog‘ot tumani “Dehqonobod” MFYda 1ta, Urganch tumani “Miroblar” MFYda 1ta, Gurlan tumani “Chinobod” MFYda 1ta jami 13 ta bekatlar qurib foydalanishga topshirildi.