NOQONUNIY FAOLIYaT OLIB BORISh QONUN TALABLARIGA ZID

19.10.2021

Samarqand viloyat transport boshqarmasi avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta'minlash yuzasidan nazorat qilish bo'limi hamda viloyat IIB YHXB inspektorlari tomonidan noqonuniy yo'lovchi tashishning oldini olish maqsadida viloyat miqyosida reyd tadbirlari olib borilmoqda. Reyd davomida aniqlangan litsenziyasiz yo'lovchi tashish holatlari yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, haydovchilarga faoliyatini qonuniylashtirish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Qo'shma reyd tadbirlari davomida avtomobil transportida yo'lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug'ullanish holatlari aniqlangan holatlarda belgilangan tartibda MJtKning tegishli moddalariga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko'rish uchun tegishli ma'muriy sudlarga yuborilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Noqonuniy faoliyat olib borish qonun talablariga zid ekanligini unutmang!

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati