Noqonuniy faoliyat olib borish qonun talablariga zid ekanligini unutmang!

Samarqand viloyati transport boshqarmasi avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat qilish bo‘limi inspektorlari tomonidan joylarda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar o‘rtasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad yo‘lovchi tashish faoliyatini qonuniylashtirishdan iborat.
Nazorat tadbirlari davomida nafaqat huquqbuzarlikni aniqlash, balki haydovchilar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borilmoqda.
Shu bilan birgalikda yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi haydovchilar o‘rtasida ham tushuntirish ishlari davom ettirilayapti. Tadbirlar davomida tashuvlarda amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar – sanitariya qoidalari, haydovchilik madaniyati, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lishning qanchalik muhimligiga ham e’tibor qaratilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari butun viloyat miqyosida keng yo‘lga qo‘yilgan.
Hurmatli haydovchilar! Noqonuniy faoliyat olib borish qonun talablariga zid ekanligini unutmang!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati