Noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashishga qarshi qo‘shma reyd tadbirlari

08.04.2022

 2022-yil 1-aprel holatiga viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda 292 marta qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilishi natijasida jami 1696 holatda avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanayotgan haydovchilar aniqlangan. Ularga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli tartibda sudlarga yuborilgan.

Sudlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha sudlar tomonidan jami 610,740 (olti yuz o‘n million yetti yuz qirq ming) so‘m miqdorida jarima jazolari tayinlangan. Bundan tashqari, o‘tkazilgan reydlar davomida noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositalarining haydovchilaridan 717 tasi faoliyatini qonuniylashtirgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 734-sonli qonuniga ko‘ra, endilikda avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish holatlari qayd etilganda, “fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi” hamda avtotransport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yilmaydi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati