NOQONUNIY RAVISHDA YO‘LOVCHI TASHISHGA QARSHI QO‘SHMA REYD TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

07.06.2022

2022-yil 1-iyun holatiga viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda 412 marta qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilishi natijasida jami 2949 holatda avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanayotgan haydovchilar aniqlangan. Ularga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli tartibda sudlarga yuborilgan.

Sudlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha sudlar tomonidan jami 1081.8 mln. so‘m miqdorida jarima jazolari tayinlangan. Bundan tashqari, o‘tkazilgan reydlar davomida noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositalarining haydovchilaridan 1178 tasi faoliyatini qonuniylashtirgan.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati