Norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘rilgan zarar qoplab berilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-sonli qaroriga muvofiq tashuvchilar tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlar miqdori har chorak yakuni bo‘yicha subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berilmoqda.
Xususan, 2024-yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Samarqand viloyatida 27,7 mln so‘m mablag‘ tashuvchilarning hisob raqamlariga o‘tkazib berildi.