Nosozlik tezda bartaraf etildi

Joriy yilning 28-mart kuni Samarkand & Самаркандцы telegram guruhida “Mobilniy reportyor” rukni ostida tramvay vagonlarining izdan chiqish holati aks etgan video murojaat e’lon qilindi.
Haqiqatan ham 28-mart kuni kunning birinchi yarmida “Sattepo massivi-Temiryo‘l vokzali” yo‘nalishida harakatlanuvchi tramvay Buyuk ipak yo‘li hamda Amir Temur ko‘chalari kesishuvida kichik texnik nosozlik sababli yo‘ldan chiqish holati sodir bo‘lgan.
Mazkur holat “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiya” DK tomonidan 20 daqiqada bartaraf etilib, tramvay harakati qayta tiklangan. Holat yuzasidan jabrlanganlar yo‘q.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati