O`rindiqlar tartibga keltirildi

26.09.2022

Joriy yilning 26-sentabr kuni Samarkand & Самаркандцы telegram guruhida 4-raqamli shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobusning o‘rindiqlari talab darajasida emasligi yuzasidan murojaat tarqalgandi.

 

Ushbu murojaatda keltirilgan holat mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi “Tohir R” XK tomonidan bartaraf etildi. Avtobus salonidagi barcha o‘rindiqlarga maxsus matodan jildlar qoplandi.

 

Keltirilgan noqulayliklar uchun “Tohir R” XK rahbariyati barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati