Oʼzingiz va atrofdagilarning salomatligiga befarq boʼlmang!

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablar ijrosi yuzasidan viloyat transporti boshqarmasi xodimlari yoʼlovchi tashish yoʼnalishlarida harakatlanuvchi avtobuslarda nazorat tadbirlarini olib bormoqda. Xususan, Samarqand shahrida yoʼlovchilar oqimi yuqori boʼlgan yoʼnalishlar boshqarmaning “Аvtomobillarda tashuvlar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan nazorat qilish boʼlimi” inspektorlari tomonidan qattiq nazoratga olingan. Haydovchi va yoʼlovchilar bilan suhbatlaroʼtkazilib, pandemiya davrida belgilangan talablarning mohiyati tushuntirib oʼtilmoqda.
Unda asosan quyidagilarga eʼtibor qaratildi:
✅ haydovchilarni tibbiy qoʼlqop va niqob bilan taʼminlanganlik darajasi;
✅ Belgilangan qatʼiy talablar asosida dezinfektsiya ishlarini olib borilishi;
✅ avtobuslarning ichki va tashqi jihatdan ozodaligi;
✅ tibbiy niqobsiz yoʼlovchilarni avtobus saloniga kiritmaslik va boshqa jihatlar.
Shu bilan birgalikda boshqarma inspektorlari tomonidan kun davomida avtobus salonida yoʼlovchilarning soni 50 foizlik meʼyordan oshmasligi, har bir soʼngi bekatda bajarilishi shart bo`lgan dezinfektsiya - zararsizlantirish ishlari doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.
Hurmatli yoʼlovchilar! Imkon qadar avtobus salonida ijtimoiy masofani saqlang. Аgar avtobus salonida yoʼlovchi soni meʼyordan ortiq boʼlsa, yaxshisi navbatdagisini kuting.
Yoʼl kira haqini toʼlashda naqd puldan voz kechib, elektron toʼlov usuli – “Tezcard” mobil toʼlov tizimidan foydalaning.
Manzilingizga yetgach, xavfsizlikka eʼtibor qaratib antiseptik vositalardan foydalaning.
Oʼzingiz va atrofdagilarning salomatligiga befarq boʼlmang!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati