OAV uchun Press tur

06.03.2024

Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jurnalist va blogerlar uchun Press tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari Samarqand viloyati transport boshqarmasi binosida tashkil etilgan Avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati, yangi yo‘nalishlar tarmog‘i, avtobuslarda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, Press tur davomida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi inspektorlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Jurnalist va blogerlarga viloyat transport boshqarmasi mutasaddilari hamda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i R.Tojiyev hamrohlik qilib, sohadagi o‘zgarishlar hamda jamoat transportining jozibadorligini oshirishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berishdi.