Ochiq tender tanloviga marhamat!

03.08.2022

DIQQAT, E’LON! YO‘LOVCHI TASHISH SOHASIDA FAOLIYAT YURITMOQCHIMISIZ? UNDA, BU IMKONIYAT SIZ UCHUN!

2022-yil 5-sentabr kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o‘tkaziladi.

Ushbu Ochiq tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif berishingiz mumkin:

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishi

1

SHAY-261

Bulung‘ur ABB - Kattaqishloq qishlog‘i

Avtobus

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

1

SHYT-216

Kattaqo‘rg‘on ABB - Ingichka qo‘rg‘oni

Yo’nalishli taksi

2

SHYT-228

Oqtosh shahri – Kattaqo‘rg‘on ABB

Yo’nalishli taksi

3

SHYT-229

Kattaqo‘rg‘on ABB - Kattako‘rpa qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

4

SHYT-232

Ishtixon shahri – Fayzobod qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

5

SHYT-247

Ziyovuddin shaharchasi - Fay mahallasi

Yo’nalishli taksi

6

SHYT-260

Urgut yuqori masjit – Navoiy xo‘jaligi

Yo’nalishli taksi

7

SHYT-261

Bulung‘ur ABB - Kattaqishloq mahallasi

Yo’nalishli taksi

8

SHYT-262

Bulung‘ur temiryo‘l bekati – Bog‘bon mahallasi (Bot-bot q)

Yo’nalishli taksi

9

SHYT-269

Qo‘shrabot ABB - Zarkent qo‘rg‘oni

Yo’nalishli taksi

10

SHYT-358

Juma ABB - Qorasuv qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

11

SHYT-380

Siyob ABB - Chorbogtepa mahallasi - Urgut ABB

Yo’nalishli taksi

12

SHYT-382

Nurobod ABB - Tuman tibbiyot birlashmasi

Yo’nalishli taksi

13

SHYT-384

Siyob ABB - To‘g‘ay qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

14

SHYT-393

Payshanba ABB - Ishtixon shahri

Yo’nalishli taksi

15

SHYT-401

Urgut ABB - Muminobod qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

16

SHYT-410

Payariq ABB - Chelak shahri

Yo’nalishli taksi

17

SHYT-413

Urgut ABB - Qo‘zibek ishlog‘i

Yo’nalishli taksi

18

SHYT-417

Ulug‘bek rasadxonasi - Olmazor qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

19

SHYT-439

Qorasuv massivi – Grand Sultan restorani

Yo’nalishli taksi

20

SHYT-440

Qorasuv massivi – Ehtiyot qismlar bozori

Yo’nalishli taksi

21

SHYT-448

Navro‘z mahallasi - Xalqobod qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

22

SHYT-459

Nurobod mahallasi - AYOQSH

Yo’nalishli taksi

23

SHYT-469

Hazora ABB - Kamolot mahallasi

Yo’nalishli taksi

24

SHYT-484

Bulung‘ur ABB - Paxtaboshi qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

25

SHYT-487

Juma ABB - Qumariq qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

26

SHYT-485

Siyob ABB - Sochak qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
6-dekabrdagi 738-sonli qarorida belgilangan talablarga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (90 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Viloyatda tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).

Samarqand viloyati transport Axborot xizmat