Ochiq tenderga marhamat!

04.03.2022

Yo`lovchi tashish sohasida faoliyat yuirtish istagida bo`lgan yurdik shaxslar diqqatiga

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 738-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron axborot tizimi ishlab chiqildi va 2022-yil 1-martdan to‘liq ishga tushirildi.

Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yuklab olish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Qarorga ko`ra, tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Joriy yilning 7-aprel kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o‘tkaziladi.

Mazkur tender tanloviga quyidagi yo`nalishlar qo`yilgan:

 

Yo`nalish raqami

Yo`nalish nomi

Yo`nalish turi

1

ShA-27

“Temiryo‘l ABB - Obod maskan mahallasi”

Avtobus

(Shahar avtobus yo`nalishi

2

ShYT-250

“Angoralmas qishlog‘i-Kimyo zavodi”

Yo‘nalishli taksi

(Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi)

 

Eslatma: Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Ma’lumot uchun telefon: (+998 71) 202-05-00 (234)

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati