Ogohlantirish berildi

09.09.2021

Samarqand viloyati transport boshqarmasi “Avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlashni nazorat qilish bo‘limi” inspektorlari tomonidan yo‘lovchilarga transport xizmatini ko‘rsatayotgan avtobuslarda xizmat sifatini oshirish maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Bunda avtobuslarning texnik jihatdan talab darajasi, salondagi o‘rindiqlarning holati, ularning qoplamalari, avtotransport vositalarining sanitar jihatlari, peshlavha (trafaret)larning talab darajasida ekanligi, tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanayotganligi, yo‘nalishlardagi avtobuslarning soni jiddiy e’tiborga olingan. Tender talablarining buzilish holatlari, qo‘shimcha ovoz kuchaytirish vositalari, karantin qoidalarining buzilish holatlari aniqlanganda tashuvchi korxona rahbarlari jiddiy ogohlantirilayotir. Shu bilan birgalikda avtobuslarning bekatlarda sababsiz to‘xtab qolishi oqibatida yo‘lovchilarning vaqtini behuda sarflash holatlari ham o‘rganilmoqda.

Samarqand viloyat transport boshqarmasi Axborot xizmati