Ogohlik davr talabi

Bugungi kunda internet va undagi ijtimoiy tarmoqlarda kishilar uchun muqaddas sanalgan tuyg‘ulardan faol foydalangan holda inson ongi va qalbi uchun olib borilayotgan kurash o‘ta nozik tus va xatarli ko‘lam kasb etgan. Turli mutaassib kuchlarning islom dini asoslarini mohiyatini buzib talqin qilishi, jamiyat hayotiga tahdid soladigan ishlarni islom bilan bog‘lashga urinish holatlari uchramoqda.
Ana shunday holatlarning oldini olish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni turli xil radikal, terroristik ruhdagi oqimlarga kirib qolishining oldini olish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat hokimligi Diniy ishlar qo‘mitasi vakillari ishtirokida “Ogohlik davr talabi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar yoshlarning turli oqimlarga kirib qolish sabablari qatorida ularning bilimsizligi, ishonuvchanligi, birdaniga hamma narsaga - boylik, shon- shuhrat, martaba va hokazolarga ega bo‘lishga harakat qilishining oldini olish har birimizning burchimiz ekanligi aytib o‘tdi.
Diniy ekstremistik oqimlar jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallashiga qarshi qat’iyat ko‘rsatib, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda mas’ul ekanligimiz ta’kidlandi.
Shuningdek, g‘oyalar kurashi avj olgan bugungi kunda yoshlar ma’naviyatiga tajovuz solayotgan tahdidlar qatorida, dinni niqob qilib olgan va diniy qadriyatlarimizni oyoqosti qilishga urinayogan ekstremistik va missionerlik harakatlarining faoliyati jiddiy tashvish uyg‘otayotganligini, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinayotganligi misollar tariqasida tushuntirib berildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizma