O‘quv kurslari davomida muammolar ham muhokama qilinmoqda

Jamoat transporti haydovchilarini malakasini oshirish borasida o‘quv kurslari tashkil qilinganligi haqida xabar berib kelmoqdamiz.
O‘quv kurslarning navbatdagi mashg‘ulotlarida viloyat Transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.Uzoqov qatnashib, haydovchilar bilan birgalikda elektrobuslarining to‘liq ishlashi, brutto-shartnomasida belgilangan barcha normalarga rioya etilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tahlil qildi.
– Jamoat transportining uzluksiz ishlashini tashkil etish, yo‘lovchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish uchun barcha mas’ul tashkilotlar oldiga talab qo‘yadigan vaqti keldi. Yo‘llarda jamoat transportining to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash bugungi kunning eng dolzarb masalasi, – deydi M.Uzoqov.
Mutaxassislar tomonidan real vaqt rejimida brutto-shartnoma talablari va shartlariga rioya etilishi, belgilangan jadval va masofalarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borilishi haqida batafsil tushuntirib bormoqdalar.