O‘rindiqlar tartibga keltirildi

#Munosabat
Joriy yilning 23-oktyabr sanasida Samarkand & Самаркандцы telegram kanalida 71-raqamli “Siyob ABB - So‘g‘diyona istirohat bog‘i” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositasining o‘rindiqlari talab darajasida emasligi yuzasidan murojaat tarqaldi.
Ushbu murojaat viloyat transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi. Ijtimoiy tarmoqda keltirilgan murojaatdagi muammo yuzasdan tashuvchi korxona rahbariyati bilan suhbat o‘tkazildi.
Mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi “Samarqand hamkor trans” MCHJ tomonidan o‘rindiqlar tartibga keltirildi.
Mazkur holatdagi kamchiliklar bartaraf etildi, lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor. To‘g‘ri, ba’zi avtobuslarda o‘rindiqlar talab darajasida emas. Ular ta’mirlandi va ta’mirlanadi. Biroq, o‘rindiqlarni sindiruvchi, undan sevgi izhorini yozish uchun foydalanuvchi, yoki undagi qoplamalarni yirtuvchilar bilan qanday kurashsak bo‘ladi?