O‘TKAZILGAN RЕYDLAR TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

02.08.2022

2022-yil iyul oyida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda 66 marta qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi. Natijada avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanayotgan 500 nafar haydovchilar aniqlandi. Ularga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli tartibda sudlarga yuborilgan.

Sudlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha sudlar tomonidan jami 76,5.0 (etmish olti million besh yuz ming ) so‘m miqdorida jarima jazolari tayinlangan. Bundan tashqari, o‘tkazilgan reydlar natijasida 157 nafar haydovchi faoliyatini qonuniylashtirgan.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati