PREZIDENT MАKTАBI OʼQUVCHILARI TRANSPORT SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHATLAR BILAN TANISHDI

21.02.2023

Viloyat trаnsport boshqarmasi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari uchun noodatiy uchrashuv tashkillashtirildi. Noodatiyligi shundaki, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tizimida olib borilayotgan islohatlar haqida nafaqat ma’lumot berildi, balki bevosita jarayonni kuzatish imkoni yaratildi.

Birinchi manzil Samarqand xalqaro aeroporti bo‘ldi. Unda oquvchilar aeroportning yangilangan qiyofasi bilan tanish qatorida yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali bo‘ylab sayohat tashkil qilindi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati