Qaror ijrosi yuzasidan

Transport vazirligi tomonidan Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlashda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan seminar-trening va press-tur tashkillashtirildi.
Unda tizimdagi tashkilotlar, uning hududiy boshqarmalari rahbar va mutaxassislari, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar dastlab "Toshshahartransxizmat" AJda joylashgan markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyati bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng, “Paxtakor” transport-o‘tish bog‘lanmasi ishi ko‘zdan kechirildi.
Press-tur so‘ngida mazkur qarorning hududlardagi ijrosini samarali tashkil etish hamda uning mazmun mohiyatini ijrochilarga yetkazish maqsadida Toshkent davlat transport universitetida seminar-trening tashkil etildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati